
"Real Madrid" jamoasi himoya chizig‘ini mustahkamlash maqsadida yangi nomzodga e’tibor qaratdi. Agar "qirollik klubi" "Benfika" himoyachisi Alvaro Karreras bilan kelishuvga erisha olmasa, asosiy ehtimol sifatida "Bayer" klubida to‘p surayotgan Alexandro Grimaldoni o‘z safiga qo‘shib oladi.
Ispaniyalik sport jurnalistlarining ma’lum qilishicha, madridliklar Grimaldoning salohiyatiga jiddiy qaramoqda va futbolchining o‘zi ham "Real"ga o‘tishni istamoqda. Grimaldoga Angliya Premer-ligasi klublaridan ham bir necha takliflar tushgan bo‘lishiga qaramasdan, u aynan Madrid klubini o‘zining kelgusi faoliyati uchun ideal manzil sifatida ko‘rmoqda.
Bundan avval "Benfika" va "Real Madrid" o‘rtasida Alvaro Karreras transferi yuzasidan muzokaralar olib borilgandi. Biroq portugaliyaliklar madridliklar taklif qilgan shartlarni qoniqarli deb topmadi va kelishuv amalga oshmay qoldi.
Alexandro Grimaldoning statistikasi esa uning samaradorligidan dalolat beradi. O‘tgan mavsumda u 48 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushgan bo‘lib, 4 ta gol va 13 ta assist bilan jamoasiga katta hissa qo‘shgan. Uning o‘yin uslubi va chap qanotdagi universal harakatlari "Real"ning himoya tizimi uchun muhim kuch bo‘lishi mumkin.
Madrid klubi hozirda yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish bo‘yicha bir qator transfer variantlarini ko‘rib chiqmoqda va Grimaldo ular orasida eng real nomzodlardan biri sifatida baholanmoqda. Yaqin kunlarda muzokaralar qayta boshlanishi va yangiliklar bilan bog‘liq rasmiy ma’lumotlar paydo bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar