
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan qiziqarli bahslardan biri — "Chelsi" va "Flamengo" jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv kutilmagan natija bilan yakunlandi. Angliya grandi hisoblangan “aristokratlar” braziliyalik raqiblari qarshi hech narsa qila olmay, 1:3 hisobida taslim bo‘ldi.
Uchrashuv “Chelsi” uchun umidbaxsh boshlandi. 15-daqiqada Pedro Neto muvaffaqiyatli reydni golga aylantirdi va angliyaliklar hisobda oldinga chiqishdi — 1:0. Birinchi bo‘lim aynan shu natija bilan yakunlandi. Tomoshabinlar “Chelsi”ning yana bir yirik g‘alabasini kutgan bo‘lishi mumkin, ammo barchasi ikkinchi taymda butunlay o‘zgarib ketdi.
Enso Mareska boshchiligidagi londonliklar taymning ikkinchi yarmida himoyada jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yishdi. 62-daqiqada Enrike darvoza to‘rini ishg‘ol etib hisobni tenglashtirdi — 1:1. Unda ham 3 daqiqa o‘tib-o‘tmay Danilo nafis zarbasi bilan jamoasini ilk bor hisobda oldinga olib chiqdi — 1:2. Uchrashuvning 83-daqiqasida esa Yanning zarbasidan so‘ng “Chelsi” oxirgi umidlarini yo‘qotdi — 1:3.
Mazkur g‘alabadan keyin “Flamengo” jamoasi hisobida 6 ochko bo‘lib, D guruhida birinchi o‘ringa chiqib oldi. Ular barcha raqiblarini mag‘lub etib, kuchli favoritlardan biriga aylanishdi. “Chelsi” esa ikki turdan so‘ng 3 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinda qolmoqda. Ular keyingi turda keyingi bosqichga chiqish masalasini hal qilishiga to‘g‘ri keladi.
Aniqki, bu natija “Chelsi” muxlislari uchun katta kutilmaganlik bo‘ldi. Enso Mareskaga esa jamoa o‘yinini qayta ko‘rib chiqish uchun jiddiy saboq bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, himoyadagi kamchiliklar va o‘yin intizomidagi yetishmovchiliklar jamoaning titullar uchun kurashish imkoniyatlariga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar