date

O‘zbek shifokori Mbappe shifoxonaga tushishiga aniq izoh berdi

O‘zbek shifokori Mbappe shifoxonaga tushishiga aniq izoh berdi
Fransiya terma jamoasi va «Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappening shifoxonaga yotqizilgani futbol jamoatchiligi orasida turli taxminlarga sabab bo‘ldi. Rasmiy bayonotlarda unda “gastroenterit” aniqlangani aytildi. Ammo O‘zbekistondagi mashhur futbol shifokorlaridan biri — "Lokomotiv" klubi mutaxassisi Abror Pirriyev bu holatga nisbatan keskin va izchil fikr bildirdi.

Mutaxassis o‘zining telegram-kanalida Mbappening vaziyatini quyidagicha izohladi:

"Mbappeni shoshilinch holatda kasalxonaga yotqizishdi. Ammo ertasi kunyoq javob berishdi. Bu holatdan barcha narsa ravshan ko‘rinib turibdi. Futbolchi, katta ehtimol bilan, o‘yindan keyin (xursandchilik yoki alam sababli) bayram qilgan. Ovqatlanishda ehtiyot bo‘lmagan va natijada zaharlanish yuz bergan. Rasmiy tashxis esa “gastroenterit” deb qo‘yildi — shunchaki chiroyli atama, xolos."

Pirriyevning so‘zlariga ko‘ra, agar voqea haqiqatan gastroenterit bo‘lsa, nega faqat Mbappega ta’sir qilgan? Bu kabi holatlarda jamoaviy holat kuzatiladi. Shu bois u Mbappega nisbatan “erkatoy” va “injiq xarakterga ega” deb ta’rif berdi.

"Bu albatta mening shifokorona fikrim", — deb yozadi u.

Abror Pirriyev bu orqali nafaqat tibbiy nuqtayi nazardan, balki sport psixologiyasi jihatidan ham futbolchilarning professional etika va intizomga rioya qilishi muhimligini uqdirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe yaqindagi o‘yinda jarohat ham olgani, endi esa to‘satdan kasal bo‘lib qolgani sabab muxlislar orasida uning holatiga nisbatan turlicha fikrlar paydo bo‘ldi. Ammo futbolchining tezda safga qaytishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek shifokori Mbappe shifoxonaga tushishiga aniq izoh berdi