
Ayni paytda Qirg‘iz Respublikasida karate bo‘yicha nufuzli “Championships-2025” xalqaro turniri qizg‘in pallaga kirgan. Ushbu musobaqa 16-17 yoshli yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar bilan alohida e’tiborga loyiq. Bu bellashuvlarda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan sportchilar o‘zining kuchli tayyorgarligi, irodasi va mahorat bilan ko‘plab medallarni qo‘lga kiritdi.
Kun davomida O‘zbekiston terma jamoasi safida bir qator yosh atletlar jang qilib, shoxsupaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular orasidan besh nafar sportchimiz turnir g‘olibligiga erishib, Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishdi:
Oltin medal sohiblari:
- Pulatova Diyora (-48 kg) — o‘zining tezkorligi va aniq zarbalari bilan raqiblarini mag‘lub etdi.
- Teshaboyeva Mohinur (-56 kg) — chidamlilik va texnik jihatdan ustun kelib, musobaqani zafar bilan yakunladi.
- Egamberdiyeva Sabrina (+66 kg) — katta vazn toifasida raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
- Qobilov Aslbek (-76 kg) — u jangda hukmronlik qilib, nafaqat g‘alaba, balki muxlislar olqishini ham qozondi.
- Zoirov Begzod (+76 kg) — o‘z toifasida eng kuchli sportchi sifatida tan olindi.
Kumush medal sohiblari:
- Mardiga Vladislava (+66 kg)
- Bahromov Sardor (-76 kg)
- Mardonov Firdavs (+76 kg)
Bronza medal sohiblari:
- Sa’dullayev Suhrob (-61 kg)
- Zokirov Samandar (-68 kg)
O‘zbekiston Karate WKF Assotsiatsiyasining rasmiy xabarida ta’kidlanishicha, yoshlarimiz musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, xalqaro maydonda yana bir bor o‘z mahoratlarini namoyon qilishdi.
Bu muvaffaqiyat nafaqat sportchilar, balki butun O‘zbekiston sport jamoatchiligi uchun ham faxrli voqea hisoblanadi. Oldinda yana ko‘p bellashuvlar bor, ammo bugungi zafarlar yurtdoshlarimizga katta ishonch va ilhom bag‘ishlashi turgan gap.
Zamin.uz terma jamoamizni tabriklaydi va kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan g‘alabalar tilaydi! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar