
Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - OKMK uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Qiziqarli va murorasiz kechgan bahsda "lochinlar"ning qo‘li baland keldi (3:0).
Dastlab bellashuvning 6-daqiqasidayoq Alisher Odilovning super pasidan so‘ng Zabihullo O‘rinboyev hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 35-daqiqaga kelib esa Gilerme Gedesh oradagi farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi. Qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisi o‘tib borayotgan paytda Pedro gol urib, yirik hisob bo‘lishini ta’minladi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Navbahor" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, ochkolar sonini 23 taga yetkazib oldi va "Neftchi"ga yetib oldi. Qosimov boshchiligidagi olmaliqliklar esa 24 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi.
"Navbahor" – OKMK 3:0
Gol: Zabihillo O‘rinboyev (Alisher Odilov) 6, 1:0, Gilerme Gedesh 36, 2:0, Pedro Augusto 90+6, 3:0
"Navbahor": 1. Umidjon Ergashev, 7. Azimjon Ahmedov (8. Shohmalik Komilov, 67), 9. Zabihillo O‘rinboyev (29. Pedro Augusto, 84), 12. Saidazamat Mirsaidov, 13. Benjamin Teidi, 17. Ruslanbek Jiyanov, 33. Sergey Karpovich, 36. Gilerme Gedesh, 37. Alisher Odilov ( 71. Navro‘zbek Iminjonov, 57), 70. Abbosjon G‘ulomov (15. Javohir Abdujabborov, 84), 99. Igor Gabriyel.
Zaxira: 16. Shukron Yo‘ldoshev, 4. Shahzod Toirov, 10. Shahzodbek Ubaydullayev, 11. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 19. Mirzohid G‘ofurov.
OKMK: 35. Javohir Ilyosov, 2. Akramjon Komilov, 4. Mirjamol Qosimov (28. Arixiro Sentoku, 46), 5. Giorgi Papava, 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 7. Dilshodbek Ahmadaliyev (13. Eldorbek Begimov, 75), 9. Kleydi Datsi (27. Ali Abdurahmonov, 56) 10. Xurshid G‘iyosov, 15. Oybek Rustamov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev (11. Ruben Sanches, 46), 99. Asadbek Sobirjonov (77. Nodirbek Abdurazzoqov, 46).
Zaxira: 1. Humoyunshox Sayyotov, 19. Axmadullo Muqimjonov, 30. Abror Sarimsoqov, 44. Abror Karimov.
Ogohlantirish: Gilerme Gedesh ("Navbahor") 20, Mirjamol Qosimov (OKMK) 41, Zabihillo O‘rinboyev ("Navbahor") 78, Avazbek O‘lmasaliyev (OKMK) 78, Ali Abdurahmonov (OKMK) 81, Umidjon Ergashev ("Navbahor") 90+2.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar