
La Liga prezidenti Xaver Tebas «Real» va «Barselona» uchrashuvi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Klasiko barcha uchun bayram bo‘lishini, faqat ijobiy xotiralar bilan hammaga namunali uchrashuv bo‘lib qolishini istayman.
Men bugun kimga g‘alaba tilashim haqida gapirmoqchi emasman. Shundoq ham siz buni bilasiz. Bu uchrashuvda qaysi jamoaning g‘alaba qozonishiga qarab chempionlik poygasi qanday ko‘rinish olishi aniq bo‘ladi.
Oldinroq bu uchrashuvda kim g‘alaba qozonishini ko‘proq istashim haqida ko‘p gapirganman. Ammo bugun bu ishni qilmayman», – degan Tebas.
Eslatib o‘tamiz, Tebas «Real»ning ashaddiy fanati sanaladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar