
«Real Madrid»ning AQSHdagi o‘yini oldidan Atlanta shahri muxlislar bilan gavjum bo‘ldi. Mundo Deportivo nashri xabar berishicha, «Real» – «Pachuka» bahsi arafasida stadion atrofi jonlangan — asosiy e’tibor esa Vinisius Junior, Kilian Mbappe va, albatta, Krishtianu Ronaldu nomlariga qaratilgan.
Muxlislarning ko‘pchiligi ushbu yulduzlar libosini kiyib kelgan bo‘lib, eng katta ehtirom hanuz Ronalduga bo‘lgani ko‘zga tashlandi. Bu futbolchining klubdagi faoliyati tugaganiga bir necha yillar o‘tgan bo‘lsa-da, unga bo‘lgan muhabbat so‘nmagan.
Atlantada yashovchi va oilasi bilan stadionga tashrif buyurgan bir muxlis shunday dedi:
“Ronaldu bilan bog‘liq xotiralarimiz juda ko‘p. U «Real» tarixida alohida o‘ringa ega. Biz o‘yindan zavq olish va jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun keldik.”
7-raqamli Ronaldu libosini kiygan ota-bola esa quyidagilarni ta’kidladi:
“Farzandim bolaligidan Ronalduni yaxshi ko‘radi. U Krishtianuni «Real»dagi faoliyatidan buyon kuzatib keladi. Men ham uning ta’sirida «Real» muxlisiga aylandim.”
O‘yinga yaqin vaqt qolganida eng arzon chiptalar narxi 92 dollarga yetgan. «Pachuka» klubi muxlislari kamsonli bo‘lsa-da, jamoasini yolg‘iz qoldirmagan. Eslatib o‘tamiz, avvalgi turda «Pachuka» mag‘lub bo‘lgan, «Real» esa Saudiya klubi bilan durang o‘ynagan edi.
Bu kabi lahzalar Ronalduning futbolga, muxlislarga va butun «Real» tarixiga qanday ta’sir qilganini yana bir bor namoyon etdi. Uning nomi, libosi va ruhi hanuz stadion atrofida hukmron. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar