date

Eldor Shomurodov Yevropa futbolida yangi sahifa ochadimi?

Eldor Shomurodov Yevropa futbolida yangi sahifa ochadimi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning “Roma”dagi safarini yakunlash arafasida ekanligi haqida jiddiy ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Italiyaning mashhur klubi “Bo‘rilar” 29 yoshli hujumchini yozgi transferlar oynasini faol boshlab, rasman sotish harakatlarini boshladi. Sky Sport manbasining xabar berishicha, klub Eldorni 7–8 million yevro atrofidagi narxda sotishga tayyor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shomurodovning xizmatlariga hozircha Turkiyaning “Istanbul Bashakshexir” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mazkur jamoa u bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Bundan tashqari, Fransiyaning “Renn” jamoasi ham Eldorni o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Har ikki jamoa ham yetakchi hujumchiga muhtoj va Shomurodovning tajribasi ular uchun qimmatli bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov 2021 yilda “Jenoa” klubidan “Roma”ga 19,6 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Ammo turli omillar tufayli u Rim jamoasida asosiy tarkibda muntazam o‘ynay olmadi va keyinchalik ijara asosida “Spetsiya” va “Kalyari” kabi jamoalarda faoliyat olib bordi.

Endilikda Shomurodov Yevropa futbolidagi navbatdagi muhim qaror yoqasida turibdi. Uning kelajakdagi klubi nafaqat uning shaxsiy rivoji, balki terma jamoadagi formasiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Muxlislar esa Eldorning yangi jamoada o‘zini to‘liq namoyon qilib, yana maydonlarda porlashini intiqlik bilan kutadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov Yevropa futbolida yangi sahifa ochadimi?