
FIFA Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasidagi so‘nggi guruh uchrashuvida Benfika Bavariyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi va Guruh Cda birinchi o‘rinni egalladi.
Uchrashuvning yagona goli 13-daqiqada Andreas Shelderup tomonidan kiritildi. O‘yinda to‘p nazorati Bavariyada (73%) bo‘lganiga qaramay, portugallar samarali hujum bilan g‘alabaga erishdi.
Benfika 3 o‘yinda 2 g‘alaba, 1 durang bilan 7 ochko to‘pladi. Bavariya esa 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinda guruh bosqichini yakunladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar