date

Rubin Xebay "Nasaf"dan ketadi, manzil — "So‘g‘diyona"?

Rubin Xebay "Nasaf"dan ketadi, manzil — "So‘g‘diyona"?
Yarim mavsum Karshining yetakchi klubi “Nasaf” safida to‘p surgan albaniyalik hujumchi Rubin Xebay faoliyatida navbatdagi bosqichga yaqinlashmoqda. Chempionatning ikkinchi yarmida uni Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi safida ko‘rish ehtimoli yuqori, deb xabar bermoqda Championat.asia nashri.

Birinchi davrada Xebay “ajdarlar” safida 9 bor maydonga tushdi va 2 ta muhim gol muallifi bo‘ldi. Uning ayrim uchrashuvlarda ko‘rsatgan harakatchan o‘yini va raqiblar himoyasiga qarshi tayinli bosimi “Nasaf” muxlislari diqqatini tortgan edi. Biroq to‘liq adaptatsiya va muntazam o‘yin amaliyoti tomonidan yetarli imkoniyat topa olmagan hujumchi yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi ehtimoldan xoli emas.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi tajribali va kuchli hujumchi izlayotgani tufayli Xebay ular uchun ideal variant sifatida ko‘rilmoqda. Uning Superligadagi o‘yin tajribasi, texnik mahorati va pozitsion harakatlari jamoaning hujumdagi muammolarini hal etishda katta ahamiyat kasb etishi mumkin.

Agar ushbu transfer amalga oshsa, Xebay O‘zbekiston chempionatidagi yirik klublardan biri — “So‘g‘diyona” safida o‘zini to‘liq namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Jamoa bosh murabbiyi uning professionallik salohiyatiga ishonmoqda va uni asosiy tarkibga jalb etishni rejalashtirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rubin Xebay "Nasaf"dan ketadi, manzil — "So‘g‘diyona"?