
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan “Benfika” va “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur bellashuvda “aristokratlar” 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Uchrashuvning 64-daqiqasida Ris Jeyms jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Ammo 85-daqiqada kuchli yomg‘ir va yashin tufayli o‘yin to‘xtatildi. Keyin futbolchilar maydonga qaytishdi va hakam bellashuvga 6 daqiqa qo‘shib berdi.
Ushbu qo‘shimcha vaqtda portugaliyaliklar foydasiga penalti belgilandi. 11 metrlik nuqtadan Anxel Di Mariya aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi va ekstra-taymlarga yo‘l ochildi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda Nkunku 108-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (1:2). 114 va 117-daqiqalarda esa Pedro Neto hamda Kiyernan gol urgan holda, yirik hisobni ta’minlashdi (1:4).
Shu tariqa, Enso Mareska shogirdlari chorak finalda Braziliyaning “Palmeyras” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar