
Qatar milliy terma jamoasi jahon chempionati sari yo‘l olayotgan bir paytda, tajriba va yetakchilik salohiyati yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Terma jamoaning bosh murabbiyi Xulen Lopetegi aynan shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan futbolchilarga tayanib, tarkibni qayta shakllantirmoqda. Shu maqsadda, 34 yoshli Hasan Al Xaydos milliy jamoaga qaytarilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Ispaniyalik mutaxassisning fikriga ko‘ra, Al Xaydosning qaytishi jamoa ichida texnik va ruhiy jihatdan katta farq yaratishi mumkin. Uning maydondagi xulq-atvori, tajribasi va yetakchilik salohiyati yosh futbolchilar uchun ibrat sifatida xizmat qiladi. Bu nafaqat terma jamoa ichida, balki Qatar muxlislari orasida ham katta ilhom va ishonch uyg‘otishi kutilmoqda.
Ma’lumki, Al Xaydos so‘nggi marta 2023 yildagi Osiyo Kubogida terma jamoa sharafini himoya qilgan va musobaqa g‘olibligidan so‘ng milliy jamoadan rasman ketganini e’lon qilgan edi. Endi esa, Lopetegi uni 2026 yilgi Jahon chempionatining 4-saralash bosqichida yana maydonda ko‘rishni istayapti.
Qiziq tomoni shundaki, bu saralash bosqichining qur’a tashlash marosimi joriy yil 17 iyul kuni Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tadi. Qatar o‘z guruhida Indoneziya, Iroq, O‘mon, Saudiya Arabistoni va BAA kabi kuchli raqiblarning ikitasiga qarshi bahs olib boradi.
Shuningdek, FIFA tomonidan e’lon qilingan qarorga ko‘ra, pley-off bosqichi mezbonligi huquqi Qatar va Saudiya Arabistoni davlatlariga berilgan. Bu esa terma jamoa uchun yanada katta mas’uliyatni anglatadi.
Tajriba va yetakchilik so‘zda emas, amalda ko‘rinadi. Agar Al Xaydos yana maydonga tushsa, bu nafaqat sport maydonida, balki jamoaning ichki muhitida ham ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Qatar termasi uchun eng muhim bosqichlar hali oldinda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar