date

Superliga. "Neftchi" safarda "Dinamo"ni mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Superliga. "Neftchi" safarda "Dinamo"ni mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Superliganing 7-turidan qoldirilgan "Dinamo" va "Neftchi" uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Bellashuvning 24-daqiqasida Ibrohimhalil Yo‘ldoshev hisobni ochgan bo‘lsa, 78-daqiqada Abrorbek Ismoilov jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

Shu tariqa, farg‘onaliklar 14-turdan so‘ng ochkolarini 27 taga yetkazib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Samarqandliklar esa 28 ochko bilan hozircha ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Superliga
7-turning qoldirilgan o‘yini

"Dinamo" – "Neftchi" 0:2
Gol
: Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (Abror Ismoilov) 24', Abror Ismoilov (Jamshid Iskanderov) 78'

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 7.Ratino, 8.Sanjar Qodirqulov (25.Oybek O‘rmonjonov, 46), 9.Mirjahon Mirahmadov (11.Xislat Xalilov, 72), 10.Anvar Hojimirzayev, 15.Maqsudxo‘ja A’loxo‘jayev, 16.Richard Fraydey (12.Abdulahadjon Hoshimov, 72), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboyev, 22.Ulug‘bek Abdullayev, 37.Firdavs Abdurahmonov (88.Marko Stanoyevich, 82).
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 4.Akbar Abdirasulov, 14.Bahodir Nasimov, 19.Oybek Xamraqulov, 23.Behruz Oblaqulov.

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 5.Ikrom Aliboyev, 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 7.Abror Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Quvondiq Ro‘ziyev (24.G‘ulomhaydar Gulyamov, 56), 20.Anvarjon G‘ofurov, 21.Muhsin Ubaydullayev, 22.Toma Tabatadze (32.Zoran Marushich, 72), 23.Yovan Jokich.
Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 8.Vladimir Yovovich, 9.Shohruh Gadoyev, 17.Muhammadali G‘iyosov, 30.Omadillo Abdubannobov, 33.Shohruhbek Yoqubjonov, 44.Muhammadziyo Adhamjonov.

Ogohlantirish: Yovan Jokich (59).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Neftchi" safarda "Dinamo"ni mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi