
“Liverpul” futbolchisi Diogu Jota Ispaniyada avtohalokatda halok bo‘ldi, deb Nova24.uz xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, halokat Ispaniyaning g‘arbiy hududida joylashgan A-52 yo‘lining 65-kilometrida, Palasios-de-Sanabriya munitsipaliteti yaqinida sodir bo‘lgan.
Guvohlarning aytishicha, 28 yoshli portugaliyalik hujumchi Jota bo‘lgan avtomobil yo‘ldan chiqib ketgan va natijada yong‘in yuzaga kelgan. Olov faqat avtomobilni emas, balki atrofdagi o‘simliklarni ham qamrab olgan.
Voqea vaqtida Jota mashinada 26 yoshli ukasi Andre bilan birga bo‘lgan. Andre ham professional futbolchi bo‘lib, Portugaliyaning “Penafiel” klubi safida o‘ynagan.
Mahalliy rasmiylar hodisa yuzasidan tergov ishlarini boshlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar