
Yevropa futbolining eng mashhur klublaridan biri sanalgan "Barselona"da katta o‘zgarishlar kutilyapti, deb xabar berdi Barca Universal. Kataloniyaliklar tarkibda yangi qon qo‘shish maqsadida darvozabon Mark-Andre ter Shtegen, himoyachi Ronald Arauxo va yarim himoyachi Fermin Lopesni transfer ro‘yxatiga kiritdi. Ma’luotlarga ko‘ra, klub ushbu uch futbolchi uchun jami 140 million yevro ishlab olish niyatida.
Klubdagi bu qarorning tashabbuskori sport direktori Deku bo‘lgani aytilyapti. Uning fikricha, jamoa rivoji va moliyaviy barqarorlik uchun aynan shu futbolchilarni sotish maqbul deb topilgan. Shu bilan birga, "Barselona" allaqachon vinger Ansu Fatini ijaraga yuborgani bilan ham tarkibda tuzilish jarayoniga jiddiy yondoshayotganini ko‘rsatmoqda.
"Ko‘k-anorranglilar"ning asosiy maqsadlaridan biri — "Atletik" klubi vingeri Niko Uilyamsni xarid qilish. Uning tovon puli 60 million yevroni tashkil qiladi va bu transferning amalga oshishi uchun "Barsa" o‘zidagi yetakchilardan voz kechishga majbur bo‘lmoqda.
Kataloniya klubi ayni paytda yangi mavsum oldidan transfer bozorida faol harakat qilmoqda. Muxlislar esa, jamoa muvaffaqiyatlari uchun ushbu o‘zgarishlar qanday ta’sir ko‘rsatishini katta qiziqish bilan kuzatishmoqda. Ter Shtegen, Arauxo va Fermin Lopes kabi asosiy o‘yinchilarning ketishi katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, chunki ular klub uchun muhim rol o‘ynagan futbolchilar edi.
Yaqin haftalarda "Barselona"da yana bir necha yangi transferlar va katta qarorlar kutilmoqda. Jamoa o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga yetishish uchun yangi yulduzlarni jalb etish va moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish yo‘lida harakat qilmoqda. "Barsa"ning bu faoliyati Yevropa futbol bozorida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lishi shubhasiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar