date

“Fluminense” sardori Tiago Silvaning samimiy nutqi internetni larzaga soldi

“Fluminense” sardori Tiago Silvaning samimiy nutqi internetni larzaga soldi
Braziliya futbolida yana bir samimiy voqea — “Fluminense” sardori va himoyachisi Tiago Silvaning jamoadoshlari oldida aytgan hayotiy nutqi jonli tarzda internetda va ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqaldi. “Inter” ustidan qozonilgan muhim g‘alabadan (2:0) oldin u butun jamoa oldida shaxsiy hayotidagi og‘ir kunlar va katta darslar haqida ochiq gapirdi.

Tiago Silva nutqida 2014 yilda Braziliyada o‘tgan Jahon chempionati, o‘gay otasining og‘ir kasallikka chalinishi va bu oilaviy sinov davrida uning qanday qarorlar qabul qilgani haqida to‘lqinlanib so‘zladi. U mehnat va orzular sari harakat qilayotgan har bir futbolchining hayotda kech bo‘lib qolmasligi uchun o‘z his-tuyg‘ularini ertaga qoldirmaslikka chaqirdi.
“Men oilamni, yaqinlarimni hayotimdagi eng muhim odamlar deb bilaman. Afsuski, o‘gay otam bilan xayrlashishga ulgurmadim. Har kimda shunday vaziyatlar bo‘lishi mumkin, ammo eng muhimi — insoniylikni, qadriyatlarni o‘ylab ish tutish.

2014 yilda men Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bir kuni uyga bordim. O‘gay otam kasal edi.... Bugungi Tiago Silvani Tiago Silva qilgan odam. Uning kasali jiddiy ekanligini bilmagandim.

Men terma jamoaga qaytdim. Hammasi tugadi. U kasalxonaga yotqizilgan. Men Parijga mavsumoldi yig‘inga jo‘nab ketishim kerak edi... Chempionatdagi dastlabki o‘yindan oldin xotinim qo‘ng‘iroq qildi: "Otang vafot etdi".

Sizlar men nimani nazarda tutayotganimni tushunyapsizlarmi? Men kasalxonasiga bormadim, chunki u yaxshi bo‘lib ketadi deb o‘ylagandim. U tuzalib ketadi deb, Parijga qaytdim... Men aytmoqchiman: agar hozir qandaydir ishni qilishni istasangiz, ortga surmang, kutmang. Hozir harakat qiling, chunki hayotda ba’zi imkoniyatlar qayta berilavermaydi”, — dedi Silva.

Uning bu so‘zlari nafaqat jamoadoshlari, balki millionlab muxlislarga ta’sir o‘tkazdi va futboldan tashqari hayot haqida o‘ylab ko‘rishga undadi.

Ma’lumot uchun, “Fluminense” jamoasi 4 iyul kuni tungi soatlarda Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasiga qarshi muhim bahs olib boradi. Jamoa sardorining kuchli ruhi va insonparvarligi futbol muxlislarini ilhomlantirib, internetda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Yangi hayot sahifalarida kech bo‘lib qolmaslik uchun, to‘g‘ri qaror qabul qilish — Tiago Silva nutqining eng asosiy xabariga aylandi. Muxlislar esa uning tajribasidan hayot uchun muhim darslar olmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Fluminense” sardori Tiago Silvaning samimiy nutqi internetni larzaga soldi