
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak finalidan o‘rin olgan "Real Madrid" - "Borussiya Dortmund" ishtirokidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. So‘nggi daqiqalar hujumlarga boy kechgan uchrashuvda "qirollik klubi" 3:2 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Dastlab bellashuvning 10-daqiqasida Arda Gyulerning uzatmasidan so‘ng Gonsalo Garsiya turnirdagi 4-golini kiritdi. Shuningdek, oradan yana 10 daqiqa o‘tib, Trentning pasidan keyin Fran Garsiya ham darvozani ishg‘ol qilgan holda, o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. O‘yinning qolgan asosiy vaqtida muxlislar gol ko‘rmadi.
Lekin qo‘shib berilgan daqiqalarning 2-si o‘tib borayotganda "Borussiya" gol urib, oradagi farqni qisqartirdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Kilian Mbappe qaychi uslubida chiroyli gol urib, hisobni 3:1 ko‘rinishga keltirdi. Germaniyaliklar ushbu goldan so‘ng ham to‘xtab qolmasdan oldinga o‘tishdi va penalti ishlab oldi. Ushbu vaziyatda Hausen Girassiga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi. 11 metrlik jarima zarbasini Girassi golga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. So‘nggi sekundlarda esa Tibo Kurtua super seyv amalga oshirib, jamoasiga g‘alabani taqdim etdi (3:2).
"Real" — "Borussiya Dortmund" 3:2
Gollar: Gonsalo Garsiya (10), Fran Garsiya (20), Kilian Mbappe (90+4) — Maksimilian Bayer (90+2), Seru Girassi (90+8)
"Real": Kurtua, Xyoysen, Ryudiger, Chuameni, Garsiya, Aleksander-Arnold, Gyuler, Valverde, Bellingem, Vinisius Junior, Garsiya.
Zaxira: Lunin, Asensio, Karvaxal, Yusi, Militao, Ramon, Vaskes, Dias, Chema, Sebalos, Martin, Modrich, Mbappe, Munos, Rodrigo.
"Borussiya": Kobel, Bensebayni, Anton, Zyule, Brandt, Svensson, Ryuerson, Gross, Zabitser, Adeyemi, Girassi.
Zaxira: Mayer, Ostshinski, Benkara, Kouto, Mane, Azxil, Chukvuemeka, Nmecha, Reyna, Albert, Bayer, Kempbell, Dyuranvill, Inacho.
Chetlatish: Din Xyoysen (90+6)
Eslatib o‘tamiz, PSJ - "Real Madrid" o‘rtasidagi to‘qnashuv 10 iyul kuni soat 00:00 da start oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar