
Superliganing 15-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" klublari ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Samarqandning "Dinamo" klubi o‘z uyida "Nasaf"ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Dastlab uchrashuvning 16-daqiqasida Alibek Davronov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa Anvarjon Hojimirzayev oradagi farqni yo‘qqa chiqarib, hisobni tenglashtirdi. Shuningdek, birinchi bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqalarida Marko Stanoyevich penaltidan gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 85-daqiqasida esa Akmal Mozgovoy hisobni tenglashtirib, jamoasiga 1 ochkoni taqdim etdi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng samarqandliklar ochkolar sonini 29 taga yetkazib olib, 2-o‘rinni mustahkamladi. "Ajdarlar" esa 33 ochko to‘plab, "Dinamo" bilan oradagi 4 ochkolik farqni saqlab qoldi.
"Dinamo" – "Nasaf" 2:2
Gollar: Anvar Hojimirzayev (Sanjar Qodirqulov) 26', Marko Stanoyevich penalti 45+2' – Jahongir O‘rozov avtogol 16', Akmal Mozgovoy 85'
"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 6.Jahongir O‘rozov, 7.Ratino, 8.Sanjar Qodirqulov, 10.Anvar Hojimirzayev, 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboyev, 22.Ulug‘bek Abdullayev (4.Akbar Abdirasulov, 88), 25.Oybek O‘rmonjonov (11.Xislat Xalilov, 88), 37.Firdavs Abdurahmonov (9.Mirjahon Mirahmadov, 64, 24.Muhsin Bozorov, 71)), 88.Marko Stanoyevich.
Zaxira: 27.Eden Nemanov, 12.Abdulahadjon Hoshimov, 14.Bahodir Nasimov, 15.Maqsudxo‘ja A’loxo‘jayev, 23.Behruz Oblaqulov.
"Nasaf": 35.Abduvohid Ne’matov, 2.Alibek Davronov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov (92.Umarbek Eshmurodov, 73), 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhiddinov (9.Javohir Sidiqov, 73), 18.Husayn Norchayev (22.Igor Golban, 80), 24.Sardor Bahromov (17.Suhrob Nurulloyev, 46), 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov (33.Bahodir Xalilov, 90+4).
Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 55.Diyorbek Abdunazarov, 73.Diyorbek Asomiddinov, 80.Davronbek Usmonov.
Ogohlantirishlar: Jahongir O‘rozov (7), Zafarmurod Abdiraxmatov (45+2), Akmal Mozgovoy (62), Sanjar Qodirqulov (63). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar