
Yevropa futbol bozorida yangi intriga paydo bo‘ldi, deb xabar berdi thesun.co.uk. “Manchester Siti”ning tajribali vingeri Jek Grilish yaqin orada jamoani tark etishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, 29 yoshli angliyalik futbolchini “Tottenxem”, “Nyukasl” va Italiyaning “Napoli” klublari o‘z safida ko‘rishni istamoqda.
“Siti” rahbariyati futbolchini 46 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqaldi. Jek Grilish 2024/25 yilgi mavsumda “shaharliklar” safida 32 uchrashuvda maydonga tushdi, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda futbolchining narxi 28 million yevro bo‘lib, bu transfer bozoridagi ehtimoliy bitimlar uchun yangi muhokamalar va raqobatlarga zamin yaratadi.
Ekspertlar fikricha, Grilishning universalligi va katta tajribasi har qanday jamoaning hujum salohiyatini kuchaytirishi mumkin. Futbol jamoatchiligi esa, uning qayerda faoliyatini davom ettirishini qiziqish bilan kuzatmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar