6 097
O‘zbekistonlik taekvondochilar Jahon kubogida hozirgacha 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
Belarus poytaxti Minsk shahrida taekvondo ITF bo‘yicha Jahon kubogi bahslari davom etmoqda. Dunyoning 22ta davlatidan jami 1300 nafar sportchi qatnashayotgan yilning so‘nggi nufuzli musobaqasida O‘zbekiston yoshlar va kattalar terma jamoasi ham to‘liq tarkibda (47 nafar) ishtirok etyapti, deb xabar bermoqda "Olamsport".
Hamyurtlarimiz kechagi kungi bahslardan so‘ng 8ta oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
O‘z vazn toifalarida Jasurbek Salimov (45 kg), Malika Chorieva (63 kg), Kamronbek Toxirov (40 kg), Ruxshona Saidova (29 kg), Zarguna Axrorqulova (35 kg), Mahfuza Jumaboyeva (40 kg) oltin medal bilan taqdirlanishdi.
Til bahslarida Zarguna Axrorqulova va Aleksandr Chetvertikov ham shoxsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Sabina Mahmanazarova esa til bahslarida kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Terma jamoamiz a’zolaridan Denis Kim, Evgeniy Kim, Gulijon Bahromova (46 kg), Nafisa Usmonova (23 kg) va Oygul Bolat (52 kg) bronza medali bilan Toshkentga qaytishadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Kiyev: Rossiya qo‘shinlari asirga olingan yana besh ukrainalikni otib tashladi
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi