
“Real” rahbariyati Mbappe va Vinisius bilan uchrashadi, deb Euro-football.ru xabar berdi.
“Real” futbol klubi Jahon klublar chempionati yarim finalida “PSJ”ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng klubdagi ayrim muammolar yaqqol ko‘zga tashlandi.
Madrid jamoasiga Kilian Mbappe qaytgach, himoyadagi o‘yin zaiflashgani kuzatilmoqda. “Real” tarkibidagi asosiy muammo — hujumdagi yulduz futbolchilar himoyaga yetarlicha e’tibor qaratmayapti.
Bu holat Mbappe va Vinisius Juniorga ham taalluqlidir. Jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso mag‘lubiyatdan keyin ularga ochiq tanbeh bermadi, biroq jamoaviy harakatlarning zarurligini alohida ta’kidladi.
Marca nashriga ko‘ra, “Real” rahbariyati futbolchilar bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning rejasi, maqsadi va klubga bo‘lgan sadoqat darajasini muhokama qilmoqchi. Ayniqsa, Vinisiusning fikri muhim hisoblanmoqda, chunki uning shartnomasi hali uzaytirilmagan.
Kilian Mbappe esa to‘p bo‘lmagan paytda yetarlicha faol bo‘lmayotgani sababli suhbatga chaqirilishi rejalashtirilmoqda. Prezident Florentino Peres Vinisiusning maqomini oshirdi va bu futbolchining kelajagi klub uchun qanchalik muhimligini ko‘rsatmoqda.
Jamoa rahbariyati yulduz futbolchilarning o‘zaro tushunishi va jamoaviy ishlashiga katta e’tibor qaratmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar