
Eldor Shomurodov faoliyatida yangi sahifa ochildi — Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi uning transferi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
Uzoq vaqtdan beri muhokama qilingan kelishuvga ko‘ra, Shomurodov 2 yillik shartnoma asosida turk jamoasiga qo‘shildi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, jamoa shartnomani yana 1 yilga uzaytirish huquqiga ham ega. E’tiborlisi, “Bashakshehir” uni “Roma”dan 3 million yevroga ijaraga oldi va 2,7 million yevroga sotib olish imkoniyatini ham qo‘lga kiritdi.
Eldorning keyingi transferidan tushadigan mablag‘ning 10 foizi Italiya klubi — “Roma” hisobiga o‘tadi. Bu esa, kelajakda futbolchi yana yuqori narxda sotilsa, rimliklar ham moliyaviy foyda ko‘radi, degani.

29 yoshli hujumchi uchun Turkiya juda katta imkoniyat hisoblanadi. “Bashakshehir” singari turnirda jiddiy maqsad qo‘ygan jamoa safida Shomurodov o‘zini to‘liq namoyon qilishi mumkin. Uning to‘p bilan muomalasi, xavfli zonadagi harakatlari va intizomi yangi muhitda ham ish berishi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda u “Roma” safida o‘ynadi va muxlislar qalbidan joy oldi. Endilikda esa Eldordan yangi chempionatda ham golli seriyalar kutilyapti.
Shomurodovning Turkiyadagi debyuti, uning “Bashakshehir”dagi ilk o‘yini va murabbiy unga qanday vazifa yuklashini muxlislar katta qiziqish bilan kuzatishyapti. Bir narsa aniq — Eldor yana maydonda harakatda bo‘ladi va o‘z so‘zini aytishga harakat qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar