
“Istanbul Bashakshehir” klubi bilan shartnoma imzolagan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov Italiyadagi faoliyatini rasman yakunladi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “Roma” klubi bilan bog‘liq xotiralarini yodga oldi va samimiy so‘zlar bilan xayrlashuv qilgani muxlislarni befarq qoldirmadi.
Eldor o‘z bayonotida “Roma” safida o‘tkazgan har bir lahza u uchun qimmatli bo‘lganini ta’kidladi. U klub unga faqat gollar va o‘yinlar emas, balki jamoaviy ruh, yuqori saviyali murabbiylar va muxlislar bilan yuz bergan unutilmas onlarni sovg‘a qilganini bildirdi.
“Rahmat, Roma! Endi AS Roma bilan xayrlashish vaqti keldi — bu klub menga unutilmas xotiralarni, gollarni, kurashlarni va ajoyib jamoa, murabbiyalar hamda muxlislar bilan bo‘lgan maxsus lahzalarni berdi.
AS Roma formasini kiyish men uchun sharaf edi. Har bir daqiqa, har bir gol va har bir o‘rgangan saboq uchun minnatdorman. Roma har doim yuragimda qoladi. Menga ishonch bildirganingiz va doimo qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur.
Yangi sahifa ochilmoqda, lekin bu xotiralar men bilan bir umr qoladi. Hurmat va muhabbat bilan”, — deb yozdi Shomurodov.
29 yoshli hujumchi Italiyadagi faoliyati davomida 85 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etdi. Uning hisobiga 13 ta gol va 11 ta assist yozilgan. Bu natijalar uni “Roma” tarixidagi muhimi futbolchilardan biri sifatida yodda qoldiradi.
Endi esa Eldor uchun yangi sahifa boshlanmoqda — Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi safida. Muxlislar uning yangi jamoada ham o‘ziga xos o‘yin uslubini namoyon qilishi va yangi yutuqlarga erishishini tilab qolishmoqda.
Shubha yo‘q, “Roma”dagi yozilgan tarix, Eldorning shaxsiy futbol rivojida alohida ahamiyat kasb etadi. Ammo unda yanada yuqori marralarni zabt etish uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar