
Futbol olamida jiddiy voqea – “Milan”ning fransiyalik himoyachisi Teo Ernandes o‘zining klub bilan rasman xayrlashganini ma’lum qildi, deb xabar berdi italyan nashrlari. Ushbu qaror nafaqat “rossoneri” muxlislari, balki butun Yevropa futboli uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi.
Teo Ernandes “Milan” safida 6 yil faoliyat olib borib, jamoa tarkibining ajralmas qismlaridan biriga aylangan edi. U o‘zining murakkab, ammo samimiy murojaatida: “6 yillik faoliyatdan so‘ng "Milan" bilan hayrlashish vaqti keldi. 2019 yilda katta orzu va ishtiyoq bilan Milanga kelgandim. Endi esa A Seriya va Italiya Superkubogidagi g‘alabalar, minnatdorlik va muhabbat to‘la xotiralar bilan xayrlashyapman, eng asosiysi - kiyim almashtirish xonasida ko‘plab muhim insonlar bilan tanishdim”, – deb yozdi.
Ernandes qayd etganidek, jamoadagi shiddatli yillar davomida u ko‘plab muhim insonlar, hamkasblar va murabbiylar bilan ishlash sharafiga ega bo‘ldi. Ayniqsa, klubning afsonasi Paolo Maldiniga alohida minnatdorlik izhor etgan. “Murabbiylar, muxlislar va klubdagi barcha do‘stlarimga qalbimdan rahmat. Qiyin paytlarda ham qo‘llab-quvvatlaganingizni hech qachon unutmayman”, – deydi Teo.
Futbolchi bu qarorga osonlikcha kelmaganini va "Milan" uning uchun doimo birinchi o‘rinda bo‘lganini ta’kidladi. Biroq klubdagi so‘nggi o‘zgarishlar, qabul qilinayotgan qarorlar va ambitsiyalardagi o‘zgarishlar uni yangi sahifa ochishga undagan. “Ketish qaroriga osonlikcha kelmadim. Shu yerda bo‘lishni doimo istaganman, "Milan" men uchun eng asosiysi bo‘lgan. Biroq barchasi bir kishiga bog‘liq emas ekan.
Klub tanlagan yo‘l va so‘nggi paytdagi chiqarilayotgan qarorlar klubning ambitsiyalarini o‘zgartirmoqda va aynan shu meni bu yerga yetakladi. Bir sahifa yopildi, boshqasi boshlanmoqda. Barcha orzularim va mehrimni “Milan”ga bag‘ishladim. Klubni boshimni tik ko‘tarib tark etyapman. Klub uchun bor kuchim bilan kurashdim, muxlislarni xursand qilishga harakat qildim”, – deydi himoyachi.
Ernandes “Milan”ni boshi baland holda tark etayotganini, jamoaning kelajagi borligiga ishonishini ham alohida qayd etgan. Uning ta’kidlashicha, “Milan” uning hayotida doimo alohida o‘rinda bo‘lib qoladi.
Muxlislar va ekspertlar Teo Ernandesning bu samimiy murojaati va klub bilan xayrlashuvini katta ehtirom bilan qabul qilishdi. Ayni paytda, u Saudiya Arabistonining “Al Hilol” klubiga o‘tishi bilan Yevropa va Osiyo futbolida yangi davr boshlanishi kutilmoqda.
Teo Ernandes yangi jamoasida qanday iz qoldiradi? Bir narsa aniq — “Milan”da o‘tgan yillar uning hayotida alohida sahifa bo‘lib qoladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar