
Rossiya Superkubogi doirasidagi uchrashuvda SSKA Moskva "Krasnodar"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvdan keyin armiyachilar jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev klubdagi istiqbollari haqida qisqacha fikr bildirdi.
"O‘yinga jiddiy tayyorlandik, ko‘p mashq qildik. Qarshimizdagi raqib oson emas edi. Bu SSKAdagi oxirgi o‘yinmi? Bu mavzuda gapirishni xohlamayman", — dedi u "Match TV" telekanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot o‘rnida, avvalroq ommaviy axborot vositalarida 21 yoshli futbolchiga Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" jamoasi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.