date

Ronaldu barchaga iPhone sovg‘a qilgani oshkor bo‘ldi

Ronaldu barchaga iPhone sovg‘a qilgani oshkor bo‘ldi
«Real Madrid»ning sobiq posboni Kiko Kasilya mashhur portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronalduning saxiyligi haqida qiziqarli xotira bilan o‘rtoqlashdi.

Kasilya El After de Post United podkastida Ronalduning nafaqat jamoadoshlariga, balki klubda xizmat qiladigan barcha xodimlarga ham samimiy va hurmat bilan yondashishini e’tirof etdi.

«U haqiqiy fenomen. Yosh futbolchilarga ko‘maklashadi, sizning so‘rovingizni rad etmaydi. AQSHdagi mavsumoldi yig‘inlari chog‘ida u barcha futbolchilar va klubda ishlovchi xodimlarga yangi iPhone hamda Apple Watch sovg‘a qilgandi», — dedi Kasilya.

Qizig‘i shundaki, Ronaldu bu harakati haqida hech qayerda gapirmagan. Kasilyaning ta’kidlashicha, u bunday ehson va e’tiborini reklama qilishni yoqtirmaydi, balki shunchaki yordam berish yoki minnatdorchilik ifodasi sifatida amalga oshiradi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2009–2018 yillarda «Real» sharafini himoya qilgan bo‘lsa, Kasilya 2015–2018 yillarda madridliklar darvozasini qo‘riqlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu barchaga iPhone sovg‘a qilgani oshkor bo‘ldi