date

"Chelsi" finalda PSJni yirik hisobda mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi

"Chelsi" finalda PSJni yirik hisobda mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalidan o‘rin olgan "Chelsi" - PSJ klublari ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Uchrashuvdan avval qisman favorit sanalgan Luis Enrike boshchiligidagi PSJ final bahsida Enso Mareskaning "Chelsi"siga yirik 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

To‘qnashuvni yaxshi boshlagan "aristokratlar" dastlab 22-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Gol muallifi esa angliyalik yarim himoyachi Koul Palmer. Oradan 7 daqiqa o‘tib esa hujumkor yarim himoyachi dublni rasmiylashtirdi. Shu bilan birga, 1-bo‘lim so‘nggida Palmerning uzatmasidan so‘ng Joao Pedro hisobni yiriklashtirdi. Mazkur gollar o‘yin taqdirini hal qildi va londonliklarning chempionlikni rasmiylashtirishiga zamin yaratdi.

"Chelsi" - PSJ 3:0
Gollar
: Palmer (22. 30), Pedro (43).

"Chelsi": Sanches, Gyusto, Chaloba, Koluill, Kukurelya, Jeyms (Dyusberi-Xoll, 77), Kaysedo, Fernandes (Andrey Santos, 61), Palmer, Joao Pedro (Delap, 68), Pedro Neto (Nkunku, 77).

PSJ: Donnarumma, Xakimi (Zair-Emeri, 73), Markinos, Beraldo, Mendesh, Nevesh, Vitinya, Ruis (Mayulu, 73), Dembele, Due (Ramush, 73), Kvaratsxeliya (Barkolya, 58).

Ogohlantirish: Neto (35), Kaysedo (36), Gyusto (40), Koluill (82), Mendesh (90+5).
Chetlatish: Nevesh (86).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Chelsi" finalda PSJni yirik hisobda mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi