date

JCh-2026 uchun chiptalar 10 sentyabrdan sotuvda

JCh-2026 uchun chiptalar 10 sentyabrdan sotuvda
2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun chiptalar shu yil 10-sentyabrdan sotuvga chiqadi, deb FIFA ma’lum qildi, deb Kursiv xabar berdi.

Chiptalar bosqichma-bosqich sotiladi. FIFA futbol ishqibozlariga FIFA.com/tickets saytida ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy identifikator — noyob kod yaratishni tavsiya qildi. Ushbu ID orqali chiptalarni olish uchun ariza topshirish mumkin bo‘ladi.

Tashkilotga ko‘ra, Kanada, Meksika va AQShda o‘tadigan chempionatga taxminan 6,5 million muxlis tashrif buyurishi kutilmoqda. Turnirda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

FIFA futbol ishqibozlariga chiptalarni faqat rasmiy sayt orqali xarid qilishni qat’iyan tavsiya etdi. Rasmiy usuldan tashqari sotib olingan chiptalar va mehmonxona paketlari haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Shuningdek, chipta sotib olish mamlakatga kirish kafolati emas. Muxlislarga safardan oldin vizaga oid barcha qoidalarni diqqat bilan o‘rganish tavsiya etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2026 uchun chiptalar 10 sentyabrdan sotuvda