«Barselona»ning yangi homiysi aks etgan formalari surati paydo bo‘ldi (foto)


Yaponiyaning Rakuten kompaniyasi Ispaniyaning «Barselona» futbol klubining yangi titul homiysiga aylangani haqida xabar berilgandi. Tomonlar 2017/18 yilgi mavsumdan kuchga kiradigan qyimati 240 million dollarga teng 4 yillik shartnoma imzoladi.
Ispaniyaning Sport.es nashri «Barselona» formalarining yangi titul homiysi logotipi tushirilgan suratini e’lon qildi. Nike kompaniyasi tomonidan tayyorlanadigan formalar quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi kutilmoqda.
Asosiy forma odatdagi ko‘k-anor ranglarda, ammo chiqizlar biroz ingincha va avvalgiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Zaxira formaning rangi och ko‘k bo‘ladi. Uchinchi forma to‘q qizil tusga kiradi.































Izohlar 0
…