date

“Manchester Yunayted”da shov-shuv: 5 futbolchi bazaga kiritilmadi

“Manchester Yunayted”da shov-shuv: 5 futbolchi bazaga kiritilmadi
“MYU” besh yulduz o‘yinchisini bazadan uzoqlashtirdi: transfer oldida kutilmagan qaror

“Manchester Yunayted” klubida yangi mavsum oldidan jiddiy tozalash jarayoni boshlandi. The Athletic nashri xabar berishicha, bosh murabbiy Ruben Amorim o‘z rejalarida ko‘rmagan bir nechta futbolchilarga bazaga kirish taqiqlangan. Mazkur qaror mahalliy vaqt bilan soat 17:00 gacha amalda bo‘ladi.

Ta’qiqlanganlar orasida jamoa yulduzlari – Antoni, Markus Reshford, Jeydon Sancho, Alexandro Garnacho va Tirell Malasia bor. Bu futbolchilar avvalroq asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etish imkonidan ham mahrum etilgan edi.

Klub rahbariyatining bu qadami futbolchilarga “jamoani tark etish vaqti keldi” degan ochiq ishora sifatida baholanmoqda. E’tiborlisi, ushbu harakat klub ichida turli fikrlarni keltirib chiqargan. Ayrim mutaxassislar va xodimlar bunday munosabat transfer bozorida futbolchilarning qiymatini pasaytiradi, deb hisoblamoqda.

“Antoni, Reshford yoki Sancho kabi o‘yinchilar bazadan uzoqlashtirilishi jamoa imijiga ham, moliyaviy rejalarga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin”, — degan fikrlar bildirilmoqda. Garnacho va Malasia kabi yoshlar esa katta potensialga ega bo‘lsa-da, bu kabi qarorlar orqali ularning rivojlanish yo‘li to‘silishi mumkin.

Amorim bu orqali yangi mavsumda faqat o‘z taktikasiga to‘liq mos keladigan futbolchilarni saqlab qolishni niyat qilgani ko‘rinmoqda. “Yunayted”dagi islohotlar doirasida faqatgina jismoniy holati yoki qobiliyati emas, balki intizom va jamoa ichidagi kayfiyat ham asosiy mezon sifatida baholanyapti.

Xulosa qilib aytganda, “Manchester Yunayted” rahbariyati yangi murabbiyga to‘liq erkinlik bergan. Bu esa jamoa tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishidan darak beradi. Yaqin kunlarda ushbu besh futbolchining kelajagi aniqlashishi va transferlar ro‘yxatini tubdan o‘zgartirishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Yunayted”da shov-shuv: 5 futbolchi bazaga kiritilmadi