date

Belarusdagi bellashuv: “Dinamo” mag‘lub bo‘ldi, Qodirqulovdan yagona gol

Belarusdagi bellashuv: “Dinamo” mag‘lub bo‘ldi, Qodirqulovdan yagona gol
Samarqandning “Dinamo” jamoasi o‘zining Belarus davlatidagi yig‘inlarini davom ettirmoqda. Navbatdagi nazorat uchrashuvi 20 iyul kuni Minsk shahrida mahalliy “Slaviya” klubiga qarshi o‘tkazildi. Uchrashuv asosan jamoa tayyorgarligi va futbolchilarning jismoniy holatini baholash maqsadida tashkil etilgan bo‘lsa-da, natija ham e’tibordan chetda qolmadi.

Bellashuv ancha yuqori sur’atda boshlandi. Ilk daqiqalardayoq beloruslar faol harakat qilib, 2-daqiqada Ivanovning zarbasi bilan hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. 10 daqiqa o‘tmay, Solovey o‘z jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Bu vaziyatda “Dinamo” himoyasi kutilmagan xatoga yo‘l qo‘ydi.

Shundan so‘ng o‘zini tiklagan samarqandliklar 17-daqiqada javob golini kiritdi. Sanjar Qodirqulov jamoa yuragi sifatida o‘zini yana bir bor namoyon qilib, aniq zarba bilan hisobni qisqartirdi. Birinchi bo‘lim shu natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi taymda ham keskin kurash davom etdi. Bir necha bor “Dinamo” hisrbni tenglashtirish uchun imkoniyat yaratdi, ammo yo‘qqa chiqdi. 65-daqiqada Lixtin “Slaviya”ning uchinchi goliga mualliflik qildi.

78-daqiqada esa “Dinamo” hisobni kamaytirish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi. Xislat Xalilov penalti zarbasini amalga oshirdi, ammo to‘p darvozadan chetga ketdi.

"Slaviya" - "Dinamo" 3:1
Gollar
: Ivanov 2, Solovey 12, Lixtin 65 – Sanjar Qodirqulov 17
Foydalanilmagan penalti: Xislat Xalilov 78.

Muxlislar uchun eng qiziq jihat – bu o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilarning holati va uyg‘unligi bo‘ldi. Quyida “Dinamo”ning asosiy tarkibi:

Ravshanbek Yagudin, Akbar Abdurasulov, Oleksandr Kucherenko, Jaloliddin Jumaboyev, Ulug‘bek Abdullayev, Sanjar Qodirqulov, Marko Stanoyevich, Ratino, Jahongir Abdusalomov, Anvarjon Hojimirzayev, Ulug‘bek Hoshimov.

Qayd etish joizki, bu kabi nazorat uchrashuvlari jamoalar uchun nafaqat to‘p bilan ishlashni mukammallashtirish, balki tarkibiy yechimlarni sinab ko‘rish uchun ham juda muhim. Samarqandliklar bu bellashuvdan saboq chiqarishi aniq. Oldindagi o‘yinlarda natijalar boshqacha bo‘lishi ehtimoli yuqori.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Belarusdagi bellashuv: “Dinamo” mag‘lub bo‘ldi, Qodirqulovdan yagona gol