O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze milliy jamoa bilan bog‘liq bir qancha savollarga javob berdi.
- Oxirgi mish-mishlarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasiga xorijdan murabbiy keladi degan gaplar bor.
- Bunga aniqlik kiritilmagan, hali assotsiatsiya bu haqida e’lon qilgani yo‘q. Kim murabbiy bo‘lishidan qat’iy nazar terma jamoa jahon chempionatida yaxshi ishtirok etsa bo‘ldi. Hozircha bosh murabbiy rolida menman, reja bo‘yicha tayyorgarlik ko‘ryapmiz.
- Agar chetdan murabbiy kelsa, sizni yordamchi murabbiy sifatida olib qolishni xohlashsa bu taklifga qanday javob bergan bo‘lardingiz?
- Bu borada biror narsa deyish qiyin. Yaxshi o‘ylab, keyin bir qarorga kelaman.
- Sentyabr oyi uchun taqvimimiz ma’lum. Terma jamoamiz oktyabr va noyabrdagi FIFA kunlarida ham o‘rtoqlik o‘yinlarini rejalashtiryapti. Qaysi jamoalar bilan o‘ynashimiz aniq?
- Faqat sentyabr oyi uchun ma’lum. Qolganlari haqida aniq ma’lumot yo‘q. E’lon qilishsa, bilib olamiz.
- Eshitishimizcha, Argentina va Urugvay terma jamoalari bilan muzokaralar o‘tkazilayotgan ekan...
- Bu ma’lumot haqiqatga yaqin. Xitoy ushbu jamoalarni va bizni musobaqaga taklif qilgan. Ular kela oladimi, yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi.
- Qo‘shni mamlakat saytlarida O‘zbekiston - Qozog‘iston o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi haqida yozishyapti. Bu bahs haqida qanday fikrdasiz?
- Bu o‘yin ularning rejasida bordir, menda ma’lumot yo‘q. Assotsiatsiya bizga ma’lumot bersa, birgalikda qaror qabul qilamiz.
- Avgust oyidagi CAFA musobaqasida terma jamoamiz ishtirok etadi. Bu turnirda milliy jamoa uchun yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazasizmi yoki Katanes tarkibi maydonga tushadimi?
- Albatta, bu turnirda terma jamoaga da’vogar bo‘lganlarga imkoniyat beramiz. Ularni sinovdan o‘tkazamiz.
Timur Kapadze: "Argentina va Urugvay bilan o‘yin... Bu ma’lumot haqiqatga yaqin"
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar