date

Singapurda WADA rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Singapurda WADA rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Singapurda o‘tgan xalqaro tadbir doirasida O‘zbekiston sport delegatsiyasi va Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Prezidenti Vitold Banka o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sport vazirligi.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov va MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etdi.

Suhbat davomida tomonlar bir qator muhim masalalarni muhokama qilishdi. Jumladan, sportchilar salomatligini saqlash, dopingga qarshi kurash tizimini takomillashtirish, xalqaro tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlar kun tartibida bo‘ldi.

Vitold Banka O‘zbekistonda olib borilayotgan antidoping islohotlarini yuqori baholab, bu boradagi hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Singapurda WADA rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi