date

"Istanbul Bashakshehir" "Cherno More"ni yirik hisobda mag‘lub qildi

"Istanbul Bashakshehir" "Cherno More"ni yirik hisobda mag‘lub qildi

Konferensiyalar ligasi saralash bosqich javob o‘yinida "Istanbul Bashakshexir" o‘z uyida "Cherno more"ni qabul qilib, yirik 4:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. O‘zbekiston milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov esa ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Dastlab, uchrashuvning 17-daqiqasida Ivan Brnich hisobni ochdi. Keyin esa 31 va 36-daqiqalarda Migel Kreshlu va Nunu da Koshta ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yib, hisobni yiriklashtirdi. Shu bilan birga, ikkinchi bo‘limning 80-daqiqasida burchakdan uzatilgan to‘pni Kristofer Oleri boshi bilan darvozani ishg‘ol qilgan holda, bellashuvdagi so‘nggi golni kiritdi.

Ushbu g‘alaba orqali Turkiya klubi keyingi bosqichga yo‘l oldi.

"Istanbul Bashakshehir" - "Cherno More" 4:0 (dastlabki uchrashuv 1:0)
Gollar: Ivan Brnich (17), Migel Krespo (31), Nunu Da Koshta (36), Kristofer Operi (80).

"Istanbul Bashakshehir": Muhammad Shengezer, Onur Bulut, Leo Duarte, Osseynu Ba, Kristofer Operi, Omer Shahiner (Oliver Kemen, 68), Berat Ozdemir (Umut Gyunesh, 77), Migel Krespo, Sari Yusuf (Deniz Turuch, 68), Nunu Da Koshta (Eldor Shomurodov, 58), Ivan Brnich (Davi Zelke, 68).

"Cherno More": Plamen Iliyev, Asen Donchev (Dani Martin, 46), Jivko Atanasev, Rosen Stefanov (Asen Chandarov, 46), Vlatko Drobarov, Svetomir Panov, Ueslen Junior (Joao Pedro, 46), Vasil Panayotov, David Teles, Georgi Lazarev, Chelso Sidney.

Ogohlantirish: Ueslen Junior (40), Svetomir Panov (42), Vasil Panayotov (72).

Ma’lumot o‘rnida, jamoaning yangi futbolchisi va hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev bugun qaydnomaga ham kiritilmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Istanbul Bashakshehir" "Cherno More"ni yirik hisobda mag‘lub qildi