date

Doston Tursunov faoliyatini Gonkongda davom ettiradi

Doston Tursunov faoliyatini Gonkongda davom ettiradi

Tajribali himoyachi Doston Tursunov professional faoliyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bu haqda “Championat.asia” sayti bosh muharriri Narzulla Saydullayev o‘zining shaxsiy manbalari orqali ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tursunovga avvalroq Eron klublari tomonidan qiziqish bo‘lgan. Biroq futbolchi ushbu mamlakatda to‘p surish taklifini qabul qilmagan. Evaziga u Gonkong chempionatida ishtirok etayotgan “Li Man” klubiga o‘tishga qaror qilgan.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, Tursunov yangi jamoasida bir yillik shartnoma asosida to‘p suradi va u yerdagi maoshi taxminan 300 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Bu miqdor o‘zbek so‘mida taxminan 3,8 milliard so‘mga teng.

30 yoshli himoyachi joriy mavsumda “Xorazm” jamoasi safida 17 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etgan. Uning kuchli jismoniy tayyorgarligi va katta tajribasi tufayli, Gonkong klubi tomonidan jiddiy qiziqishga sabab bo‘lgan. Mutaxassislar Tursunovning yangi jamoada ham yuqori darajada o‘ynashini va jamoaga foyda keltirishini kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Doston Tursunov faoliyatini Gonkongda davom ettiradi