Superliganing 17-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Dinamo" klublari ishtirokidagi bellashuvda mehmonlar 2:4 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Dastlab uchrashuvning 2-daqiqasida Sherzod Fayziyev hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib esa Sardor Abduraimov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib, "Mash’al"ni oldinga olib chiqqan edi. Shuningdek, 24-daqiqada "Dinamo" hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Samarqandliklarning ilk golini Ulug‘bek Hoshimov o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Bundan tashqari, bo‘lim so‘nggida Jahongirbek Abdusalomov penaltidan unumli foydalangan holda, hisobni tenglashtirdi. G‘alabaga intilayotgan "Dinamo" 89 va 90+1-daqiqalarda gollar urib, g‘alabani ilib ketdi.
Ushbu to‘qnashuvdan so‘ng Abramov shogirdlari ochkolar sonini 33 taga yetkazib olib, 2-o‘rindagi OKMK bilan tenglashib oldi. "Mash’al" esa 15 ochko bilan 13-o‘rinda qolmoqda.
"Mash’al" – "Dinamo" 2:4
Gollar: Sherzod Fayziyev (Sardor Abduraimov) 2, 1:0, Sardor Abduraimov 5, 2:0, Ulug‘bek Hoshimov (Hislat Halilov) 24, 2:1, Jahongirbek Abdusalomov (penalti) 45+4, 2:2, Behruz Oblaqulov 89, 2:3, Behruz Oblaqulov (Firdavs Abduraxmonov) 90+1, 2:4
"Mash’al": 1.Umidjon Hamroyev, 5.Samandar Ochilov, 6.Javohir Abdualimov, 7.Islombek Baratov ( 28.Ergash Ismoilov,46), 8.Sardor Abduraimov, 9.Ibrohim G‘anixonov ( 24.Avazjon Mamatxo‘jayev,46), 11.Asadbek Samariddinov (17.Anvar Murodov,46), 13.Nuriddin Nuriddinov (22.Nurjahon Muzaffarov,46), 15.Muhammadali Aliqulov, 37.Sherzod Fayziyev, 80.Dmitriy Yashin.
Zaxira: 35.Dostonbek To‘xtaboyev, 4.Abdul Latif Maga, 19.Islom Sharipov, 34.Shahboz Jo‘rayev, 77.Jamshid Hasanov.
"Dinamo": 1.Ravshan Yagudin, 6.Jahongir O‘rozov, 7.Jurani Fransisko Ferreyra, 11.Hislat Xalilov (25.Oybek O‘rmonjonov,46), 16.Richard Emeka Fraydey (8.Sanjar Qodirqulov,46), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboyev, 21.Jahongirbek Abdusalomov (88.Marko Stanoyevich,72), 22.Ulug‘bek Abdullayev ( 37.Firdavs Abdurahmonov,46), 55.Dmitriy Pletnev (23.Behruzbek Oblaqulov,76), 99.Ulug‘bek Hoshimov.
Zaxira: 27.Edem Nemanov, 9.Mirjahon Mirahmadov, 14.Bahodir Nasimov, 77.Mahmudjon Mahammadjonov.
Ogohlantirish: Avazxon Mamatxo‘jayev ("Mash’al") 72.
Superliga. "Dinamo" kambek evaziga "Mash’al"ni mag‘lub etdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar