date

Opta prognoziga ko‘ra APLda yangi mavsumda qaysi jamoa g‘olib bo‘ladi?

Opta prognoziga ko‘ra APLda yangi mavsumda qaysi jamoa g‘olib bo‘ladi?

Opta Analyst superkompyuteri tomonidan tayyorlangan tahlilga ko‘ra, 2025/26-yilgi Angliya Premer-Ligasi mavsumi uchun chempionlikka da’vogarlar aniq bo‘lib bormoqda. Jamoalar imkoniyati yuzasidan olib borilgan mukammal tahlil natijasida “Liverpul” klubi mavsumni yuqori pog‘onada yakunlash ehtimoli eng katta jamoa sifatida ko‘rsatilgan.

Arne Slotning shogirdlari 28,5% ehtimol bilan chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin, bu esa boshqa barcha jamoalardan ustunlikni anglatadi. “Arsenal” 24,3% ko‘rsatkich bilan ikkinchi, “Manchester Siti” esa 18,8% bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan.

Ayni paytda, portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim boshqarayotgan “Manchester Yunayted” uchun esa mavsum unchalik muvaffaqiyatli tarzda kechmasligi taxmin qilinmoqda. Tahlillarga ko‘ra, “qizil iblislar”ni 12-o‘rin kutmoqda.

Ligada qolish uchun kurash esa juda shiddatli kechishi mumkin. “Bernli”, “Lids Yunayted” va “Sanderlend” klublari tushib ketish ehtimoli yuqori bo‘lgan jamoalar sifatida qayd etilgan. Xususan, “Sanderlend”ning oxirgi o‘rinda qolib ketishi 34,1% ehtimol bilan baholanmoqda.

Optimistik raqamlar va kutilmagan natijalar bilan to‘la ushbu mavsumda muxlislarni ko‘plab dramatik o‘yinlar, kuchli raqobat va syurprizlar kutmoqda. Har bir jamoaning bor salohiyatini namoyon qilishi esa Premer-Liga jozibasini yanada oshiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Opta prognoziga ko‘ra APLda yangi mavsumda qaysi jamoa g‘olib bo‘ladi?