date

Superliga. "Neftchi" safarda "Qo‘qon-1912"ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

Superliga. "Neftchi" safarda "Qo‘qon-1912"ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

Superliganing 17-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Neftchi" bellashuvi yakuniga yetdi. Mazkur to‘qnashuvda Levchenko shogirdlari muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi - 1:2.

Dastlab, birinchi bo‘limning 9-daqiqasida raqib himoyasidagi tartibsizlikdan unumli foydalangan Alisher Odilov hisobni ochdi. 83-daqiqada Shohruh Gadoyev oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. "Neftchi"ning g‘alaba goli esa Yovan Jokich tomonidan 89-daqiqada kiritildi.

"Qo‘qon-1912" – "Neftchi" 1:2
Gollar: Alisher Odilov 9, 0:1, Shoxruh Gadoyev (Javohir Husanov) 83, 1:1, Yovan Jokich (Vladimir Yovovich) 89, 1:2

"Qo‘qon-1912": 1. Rustam Nortojiyev, 4. Asliddin Toshtemirov, 5. Jasurbek Yoqubov, 6. Alisher Salimov, 7. Shota Gvazava (69. Yegor Kondratyuk,90+4), 10. Shoxruh Gadoyev ( 18. Bahrom Abdurahimov, 90+4), 15. Zafar Hakimov (19. Shahzod Akramov,46), 17. Kleydi Datsi, 20. Iqboljon Malikjonov (22. Muhammadanas Hasanov, 65), 23. Abror Karimov, 78. Abdug‘ofur Haydarov (9. Javohir Husanov, 65).
Zaxira: 13. Azizxon Isaqov, 21. Muhriddin Pazildinov, 30. Ibrohimjon Muxtorov, 33. Ayubxon Muxtorov.

"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Siger, 5. Ikrom Aliboyev, 6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (34. Farruh Sayfiyev, 59), 7. Abror Ismoilov (77. Bilolxon Toshmirzayev,20), 9. Joel Kojo (8. Vladimir Yovovich,79), 10. Jamshid Iskanderov, 20. Anvar G‘ofurov, 22. Alisher Odilov (11. Quvondiq Ro‘ziyev, 79), 23. Yovan Jokich, 70. Silvanus Nimeli ( 32. Zoran Marushich,79).
Zaxira: 45. Akbar To‘rayev, 21. Muxsin Ubaydullayev, 24. G‘ulom-Haydar Gulyamov, 33. Shoxruh Yoqubjonov.

Ogohlantirish: Shota Gvazava ("Qo‘qon-1912" ) 35.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Neftchi" safarda "Qo‘qon-1912"ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi