Ispaniya futbolida yangi mavsum arafasida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, “Real” jamoasining yosh va iqtidorli braziliyalik vingeri Rodrigo Goes jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar yangi sur’at olmoqda.
“Qirollik klubi”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso ham 24 yoshli hujumchining kelajagiga to‘liq ishonch bildirmayapti. U Rodrigoni muntazam tarkibda maydonga tushirish bo‘yicha aniq va kafolatli qaror qabul qilmagan.
Bu vaziyatda Rodrigoga Yevropaning yetakchi klublari — “Liverpul” va “Pari Sen-Jermen” katta qiziqish bildirmoqda, deb yozmoqda Defensa Central. Manbaning ta’kidlashicha, har ikki jamoa ham hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida va Rodrigo ularning transfer rejalarida muhim o‘rin tutadi.
Shuningdek, futbolchining o‘zi ham yangi chaqiruvlarga ochiq va yuqori darajadagi jamoalardan biriga o‘tish istagida ekani qayd etilgan. Agar u ketsa, Xabi Alonso allaqachon uning o‘rnini bosuvchi variantlar ustida ish boshlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Real”ning yozda o‘z safiga qo‘shib olgan iqtidorli vingeri — Franko Mastantuono Rodrigoning o‘rnini egallashi mumkin. Bu futbolchi asosan o‘ng qanotda harakat qiladi va texnik jihatdan juda yetarli tayyorgarlikka ega.
Bundan tashqari, Xabi Alonso klub rahbariyatidan yana bir nomzodni — PSJ vingeri Bredli Barkolani jamoaga jalb etishni so‘ragan. Barkola o‘tgan mavsumda juda yuqori natijalar qayd etgan — u 64 uchrashuvda qatnashib, 21 ta gol kiritgan va shuncha golli uzatma bilan jamoadoshlariga yordam bergan.
Shunday qilib, Rodrigoning “Real”dan ketishi ehtimoli ortib borar ekan, klub ichki zaxira va tashqi transferlar orqali hujum chizig‘ini mustahkamlashga intilmoqda. Muxlislar esa braziliyalik yulduzning kelajagi qanday tus olishini qiziqish bilan kutmoqda.
Rodrigoning “Real”dan ketishi kutilmoqda, o‘rniga ikki nomzod...
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar