date

Yaponiyaning eng zo‘r to‘purari Kamamoto hayotdan ko‘z yumdi

Yaponiyaning eng zo‘r to‘purari Kamamoto hayotdan ko‘z yumdi

Yapon futboli tarixidagi eng yirik hujumchilardan biri, milliy terma jamoa afsonasi Kunisige Kamamoto 82 yoshida vafot etdi. Yaponiya futbol assotsiatsiyasi bu haqda rasmiy bayonot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq futbolchi pnevmoniya tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Kamamoto 1968 yilgi Mexiko Olimpiadasida Yaponiyaga bronza medalini olib kelgan tarkibda asosiy hujumchi sifatida o‘ynagan. O‘sha musobaqada u 7 ta gol urib, to‘purar bo‘lgan.

Milliy terma jamoa safida 76 ta uchrashuvda maydonga tushgan Kamamoto raqiblar darvozasini 75 marta ishg‘ol etgan. Bu ko‘rsatkich haligacha Yaponiya tarixida eng yuqori natija hisoblanadi.

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, u 1998–2008 yillarda Yaponiya futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishladi. Shuningdek, 2002 yilgi Yaponiya va Janubiy Koreya hamkorlikda o‘tkazgan jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasida faoliyat yuritdi.

Kamamotoning o‘limi nafaqat Yaponiyada, balki butun Osiyo futbolida katta yo‘qotish sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaponiyaning eng zo‘r to‘purari Kamamoto hayotdan ko‘z yumdi