
Massimiliano Allegri murabbiyligi ostidagi "Milan" Italiya kubogi doirasida "Bari" bilan to‘qnash keldi va ishonchli 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida Rafael Leau bosh bilan zarba yo‘llab, o‘yindagi hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasida esa Kristian Pulishich milanliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
66-daqiqada "Real Madrid"ning sobiq yarim himoyachisi va afsonasi Luka Modrich Samuele Richchi o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, "Milan" Italiya A Seriyasidagi ilk o‘yinini 23 avgust kuni "Kremoneze"ga qarshi o‘tkazadi.
Italiya kubogi. 1/32 final
Milan — Bari 2:0
17 avgust, «San-Siro»
Gollar: Leau (14), Pulishich (48).
Milan — Menyan, Tomori, Gabbia, Pavlovich, Salemakers (Ofakor, 82), Loftus-Chik (Yashari, 65), Richchi (Modrich, 65), Fofana, Estupinyan, Pulishich (Musa, 65), Leau (Ximenes, 17).
Bari — Cherofolini, Dikmann, Vikari, Nikolau, Dorval (Tripaldelli, 82), Bellomo (Verret, 51), Braunoder, Pagano (Partipilo, 68), Pereyro (Rao, 51), Sibilli, Monchini.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.