date

Superliga. «Bunyodkor», «Qo‘qon-1912» va «Mash’al»ning g‘alaba gollari (video)

Superliga. «Bunyodkor», «Qo‘qon-1912» va «Mash’al»ning g‘alaba gollari (video)

Superliganing 19-turi doirasidagi "Qo‘qon-1912" - "Surxon" bahsida maydon egalari muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi - 2:0.

Bellashuvdagi dastlabki gol 7-daqiqada Datsi Kleydi tomonidan kiritildi. Qo‘qonliklarning ikkinchi goliga esa 90+3 daqiqada Javohir Husanov mualliflik qildi. Shu tariqa, mezbonlar muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

“Qo‘qon-1912” — “Surxon” 2:0
Gollar: Kleydi Datsi (penalti) 6, 1:0, Javohir Husanov (Muhriddin Pazildinov) 90+3, 2:0

O‘zbekiston Superligasi 19-turidan o‘rin olgan "Mash’al"-"Andijon" bahsi mezbonlar foydasiga 1:0 hisobida yakunlandi. Bellashuvdagi yagona gol 41-daqiqada Humoyun Murtazoyev tomonidan kiritildi.

Muborak klubi ochkolarini 18 taga yetkazib, 14-o‘rinni egallab turibdi. Qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyatni qabul qilib olgan Maksim Shatskix jamoasi 21 ochko bilan 10-pog‘onada.

"Mash’al" — "Andijon" 1:0
Gol: Humoyun Murtozayev (41)

O‘zbekiston chempionatining 19-turida «Bunyodkor» o‘z maydonida «Buxoro»ni qabul qilib, qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi.

Natijada Ilyos Zeytullayev jamoasi ochkolarini 34 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Buxoro» esa 14 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.

"Bunyodkor" — "Buxoro" 2:1
Gollar: Matiya Krivokapich (49), Amir To‘raqulov (90+3) — Najmiddin Normurodov (70, avtogol).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. «Bunyodkor», «Qo‘qon-1912» va «Mash’al»ning g‘alaba gollari (video)