Bilasiz, bugun qit’amizdagi klublar miqyosidagi eng nufuzli musobaqa sanaladigan Osiyo Chempionlar Ligasi 2017 mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, mamlakatimizning amaldagi chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” klubi musobaqadaning “A” guruhidan o‘rin oldi va "Al Ahli" (BAA), "Al Tavun" (S. Arabistoni) hamda Pley-off 3 g‘olibiga qarshi bahs olib borishi oydinlashdi.
“Temiryo‘lchilar” jamoasi a’zosi Server Jeparov klub matbuot xizmatiga qur’a borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Qur’aga ko‘ra biz o‘rin olgan guruhga u qadar kuchli jamoalar tushmadi. Aytmoqchimanki, o‘ynasa va yutsa bo‘ladigan jamoalar bilan bir guruhdan joy oldik.
Lekin raqiblarni mensimaslik va ularga etarlicha baho bera olmaslik pand berib qo‘yishi ham mumkin. Sababi hozirda Osiyo Chempionlar Ligasida kuchsiz jamoalar yo‘q. Xatto o‘z mamlakatida 2 yoki 3-o‘rinlarni egallagan holda Chempionlar Ligasiga chiqadigan jamoalar ham yomon o‘yin ko‘rsatishmayapti.
Lekin ushbu guruhdan chiqa olishimizga ko‘zim etyapti. Agar yangi mavsumga yaxshi hozirlik ko‘rsak, albatta o‘z muxlislarimizni chiroyli g‘alabalar bilan xushnud etamiz. 2017 yilda kamida yarim finalga qadar etib borishni ko‘zlayapmiz. O‘ylashimcha, “Lokomotiv” ushbu tarkib bilan bu vazifani uddalay oladi, - deydi tajribali yarim himoyachi.
Manba: www.lokomotiv.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Britaniya qirollik oilasining kamtarona hayot kechiradigan a’zolari
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi