Polsha terma jamoasi va “Barselona” yulduzi Robert Levandovski "Real Madrid"ning yangi transferi Franko Mastantuononi Lamin Yamal bilan taqqoslash noto‘g‘ri ekanligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, futbolchilarni bu yoshda solishtirish mutlaqo to‘g‘ri emas va bunday harakat faqat muxlislarning ortiqcha kutuvlariga olib keladi.
"Albatta, muxlislar “Real”ga Laminga o‘xshash biror futbolchi topishni xohlashmoqda, ammo bunday futbolchilar har yili tug‘ilavermaydi. Ilgari ham Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘ynagan vaqtda shu kabi muhokamalar bo‘lgan, ammo ular mutlaqo boshqa darajadagi, betakror yulduzlar edi. Yangi Messi yoki Ronalduni hech qachon topa olmaysiz, chunki ularning imkoniyatlari va mahoratlari takrorlanmaydi", — dedi Levandovski o‘z mulohazalarida.
Ma’lumot uchun, "Real Madrid" klubi 18 yoshli Franko Mastantuononi Argentinaning “River Pleyt” jamoasidan 63 million yevro to‘lab, o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Bu transfer klubning kelajak uchun katta investitsiyasi va yosh, iqtidorli futbolchilarni rivojlantirishga bo‘lgan katta intilishi sifatida baholanmoqda.
Levandovski: Yangi futbolchilarni taqqoslash xato fikr
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar