“Barselona”ning tajribali va eng ko‘zga ko‘rinar hujumchisi Robert Levandovski ushbu mavsumda jamoadagi oxirgi yilini boshlamoqda. Katalon klubi mutasaddilari bir necha yildan buyon polshalik to‘purarning o‘rnini bosishga qodir yangi hujumchi qidirishmoqda.
Bir qancha nashrlar va muxlislar Levandovski uchun bu mavsumning oxirgi mavsum bo‘lishini kutayotgan edilar. Biroq, “Barselona” klubi rahbarlarining maqsadi o‘zgardi va yangi qaror qabul qilindi.
Endi “Barselona” 36 yoshli Robert Levandovskining shartnomasini yana bir yilga uzaytirish imkonini ishga solib, uni 2027 yilning yozigacha jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Levandovski 21 avgust kuni 37 yoshga to‘ladi. U 2022 yilning yozida “Bavariya” klubidan 45 million yevro evaziga transfer qilingan edi. Bu savdo ham katta muvaffaqiyatga ega bo‘ldi va o‘zini to‘liq oqladi.
Chunki Robert Levandovski Kataloniyaga ko‘chib o‘tganidan keyin, 147 ta o‘yinda maydonga tushdi, raqiblar darvozasiga 101 ta gol urdi va jamoadoshlariga 20 ta golli pas uzatdi. Bu shunchaki statistika emas, balki ushbu futbolchining jamoadagi ta’sirini, jahon futbolidagi o‘rnini aniq ko‘rsatadi.
Levandovskining jamoadagi kelajagi va uning mahorati “Barselona” uchun katta ahamiyatga ega, chunki uning gollarini va paslarini ko‘rish, klubning omadini yanada yuqorilashtirishga yordam beradi.
Levandovski “Barselona”dagi yangi mavsumga yangi kelishuv bilan kirishmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar