date

Superliga. "So‘g‘diyona" penalti evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

Superliga. "So‘g‘diyona" penalti evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi
Bugun Superliganing 20-turi doirasidagi bahslar start oldi. Kunning ikkinchi bahsida "So‘g‘diyona" va "Dinamo" jamoalari to‘qnash keldi. Ushbu bellashuvda jamoalar kuchi teng keldi - 1:1.

O‘yindagi dastlabki gol 29-daqiqada Mahmudjon Mahammadjonov tomonidan kiritildi. Bahsga qo‘shib berilgan 90+6-daqiqada mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalangan Lyupcho Doriyev "So‘g‘diyona"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

"So‘g‘diyona" – "Dinamo" 1:1
Gollar: 0:1 – 29, Mahmud Mahamadjonov, 1:1 – 90+12, Lyupcho Doriyev (penalti)

"So‘g‘diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Zoir Jo‘raboyev (18.Oybek Nurmatov, 56), 3.Islom Qobilov, 7.Xondamir Mustafoqulov, 8.Suhrob Izzatov (10.Shohruh Abdurahmonov, 46), 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriyev, 19.Javohir Qahramonov, 32.Nodirjon Soyibov (4.Otabek Ahadov, 81), 70.Jasur Jaloliddinov (28.Stanislav Andreyev, 69), 98.Rubin Xebay (9.Samandar Mavlonqulov, 69).
Zaxira: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 5.Behruz Jumatov, 23.Sardor Hoshimov, 99.Umidbek Sultonov.

"Dinamo": 27.Edem Nemanov, 6.Jahongir O‘rozov, 7.Fransisko Ferreyra (23.Behruzbek Oblaqulov, 45), 8.Sanjar Qodirqulov (88.Marko Stanoyevich, 61), 10.Anvarjon Hojimirzayev (9.Mirjahon Mirahmadov, 84), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboyev, 21.Jahongir Abdusalomov (11.Hislat Xalilov, 84), 25.Oybek O‘rmonjonov (16.Richard Fraydey, 61), 55.Dmitriy Pletnyov, 77.Mahmud Mahamadjonov.
Zaxira: 13.Ravshanbek Yagudin, 12.Abduahadjon Hoshimov, 14.Bahodir Nasimov, 22.Ulug‘bek Abdullayev.

Ogohlantirishlar: Sanjar Qodirqulov (8), Filip Ivanovich (11), Mahmud Mahamadjonov (26), Oybek O‘rmonjonov (54), Nodirjon Soyibov (71), Samandar Mavlonqulov (78), Jaloliddin Jumaboyev (78).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "So‘g‘diyona" penalti evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi