date

Superliga. "Buxoro" kichik farq bilan "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etdi

Superliga. "Buxoro" kichik farq bilan "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etdi

Superliganing 20-turidan o‘rin olgan navbatdagi bellashuv yakuniga yetdi. Qarshida «Buxoro» klubi «Qo‘qon-1912»ni qabul qildi. Mazkur bahsda nominal mezbonlar raqibini kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Buxoroliklar safida yagona gol muallifi Toma Tabatadze bo‘ldi. U oyog‘ining orqa qismi bilan to‘pni darvozaga ajoyib tarzda joylab qo‘ydi. Qayd etish lozim, bu hujumchining buxoroliklar safidagi ilk goli edi.

"Buxoro" – "Qo‘qon-1912" 1:0
Gol: Toma Tabatadze 71, - 1:0 (Azizbek Amonov).

"Buxoro": 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatillo Po‘latov (19.Bilol Tupliyev, 85), 6.Ravshan Xayrullayev, 10.Azizbek Amonov (97.Shahboz Jo‘rabekov, 78), 11.Ibrohim No‘monov (25.Frane Chiryak, 56), 17.Javohir Ro‘ziyev (88.Dominik Begich, 56), 22.Toma Tabatadze (77.Asilbek Qayumov, 85), 27.Muhammad Yo‘ldoshev, 33.Yosip Tomashevich, 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullayev, 5.Sardor Qulmatov, 8.Anvar Jo‘rayev, 95.Nodirbek Ahmadjonov.

"Qo‘qon-1912": 13.Azizxon Isaqov, 4.Asliddin Toshtemirov, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov (14.Jasur Xolto‘rayev, 78), 7.Shota Gvazava, 10.Shoxruh Gadoyev (18.Bahrom Abdurahimov, 78), 17.Kleydi Datsi, 22.Muhammadanas Hasanov (9.Javohir Husanov, 60), 23.Abror Karimov (19.Shahzod Akramov, 82), 44.Andro Giorgadze, 78.Abdug‘afur Haydarov (68.Yegor Kondratyuk, 82).
Zaxira: 1.Rustam Nortojiyev, 26.Azamat Soyibov, 15.Zafar Hakimov, 20.Iqboljon Malikjonov.

Ogohlantirish: Javohir Ro‘ziyev 36.

Bu g‘alabadan so‘ng Buxoro klubi 17 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 15-pog‘onasidan joy oldi. «Qo‘qon-1912» esa 18 ochko bilan 13-o‘rindan joy olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Buxoro" kichik farq bilan "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etdi