Parij klubi PSJda yozgi transfer oynasi qizg‘in davom etmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike so‘nggi qarorlardan biri haqida — asosiy darvozabon Janluijji Donnarummaning o‘rniga yangi kiper sotib olinishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Albatta, bunday qarorlarni qabul qilish doim ham oson bo‘lmaydi. Bu haqda turli fikrlar aytiladi, tanqidlar ham bo‘ladi. Lekin shaxsan men hech qanday muammo ko‘rmayapman. Biz jamoa sifatida qayerga yo‘nalish olishimiz kerakligini aniq bilamiz va men uchun eng muhim jihat — shu. Shu bois, xotirjam holdamiz”, — dedi Luis Enrike matbuotga bergan bayonotida.
Ispaniyalik murabbiy tanqidlarga ham to‘xtalib, muxlislar va jurnalistlarning fikrlarini to‘liq tushunishi haqida gapirdi. Biroq u o‘z rejasida qat’iy ekanini va qaror ortida jiddiy asoslar borligini qayd etdi. “Ayni paytda PSJ tarkibidagi ayrim futbolchilar haqida hech nima deya olmayman, chunki bu men uchun muhim emas. Asosiysi — jamoaning qay yo‘nalishda rivojlanishi”, — deya qo‘shimcha qildi Enrike.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Parij klubi “Lill” safidagi yosh fransuz darvozaboni Lyuk Sheveleni 40 million yevro va qo‘shimcha 15 million bonus evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Bu transfer PSJning darvozabonlar raqobatini yanada kuchaytiradi, chunki jamoada rossiyalik kiper Matvey Safonov ham mavjud.
Shu tariqa, Enrike qo‘l ostida PSJ himoya chizig‘ini mustahkamlaydigan yangi raqobat muhiti shakllanmoqda. Donnarummaning kelajagi haqidagi savollar hali ochiq qolmoqda, biroq Shevelening qo‘shilishi Parij klubining transfer strategiyasida yangi bosqich sifatida baholanmoqda.
Luis Enrike Donnarumma o‘rnida Shevele tanlovini izohladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar