date

"Dinamo" hakamlar qaroridan norozi bo‘lib rasmiy shikoyat yo‘lladi

"Dinamo" hakamlar qaroridan norozi bo‘lib rasmiy shikoyat yo‘lladi

Superliga 20-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” hamda “Dinamo” jamoalari o‘rtasidagi qizg‘in bahs yakunlanishi bilanoq Samarqand klubi hakamlik borasida rasmiy e’tiroz bildirgan edi. Keyinchalik bu shikoyat rasmiy shaklda rasmiylashtirilib, klub Liga rahbariyatiga tegishli xatni yubordi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Dinamo” bu jarayonda “Superliga va Proliga reglamenti”da belgilangan barcha talab va qoidalarga qat’iy amal qildi. Xususan, bahs tugashi bilan 30 daqiqa ichida qaydnomaga rasmiy shikoyat yozildi. Shundan so‘ng 24 soatdan kechikmay, aynan qaysi epizodlardan norozilik kelib chiqqanini ko‘rsatib, tegishli xat yuborildi.

Klubning rasmiy shikoyatida alohida urg‘u berilgan vaziyatlar quyidagicha qayd etilgan:

• 3-daqiqa: Anvarjon Hojimirzaevning Ivanovich tomonidan jarima maydonchasi ichida to‘xtatib qolinishi;

• 9-daqiqa: Sanjar Qodirqulovning hakam tomonidan ogohlantirilishi;

• 11-daqiqa: Anvarjon Hojimirzaevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikka nisbatan bosh hakamning qarori;

• 31-daqiqa: Fransisko Ferrreyra hamda Suhrob Izzatov o‘rtasidagi kurashga nisbatan bosh hakamning reaktsiyasi;

• 75-daqiqa: "So‘g‘diyona" futbolchisi Nodirjon Soibovning maydondan chetlatilmaganligi;

• 90+6-daqiqa: "Dinamo" darvozasiga penalti belgilanishi.

“Dinamo”ning fikricha, mazkur vaziyatlarning ko‘pchiligi o‘yin taqdiriga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Shu sababli ular adolatli baholash va xolisona yondoshuvni talab qilmoqda.

Liga mutaxassislari ham bu epizodlarni atroflicha ko‘rib chiqib, ayrim holatlarda o‘zlarida ham savollar paydo bo‘lganini ma’lum qilishdi. Demak, masalada faqat klub emas, balki neytral tomonlar ham shubhaga tushgan.

Endilikda O‘zbekiston futbol hakamlar markazi (O‘zFHM) rasmiy tarzda tushuntirish berishi lozim bo‘ladi. Mazkur javob omma uchun ochiq qilinadi va Liga rasmiy sahifasida e’lon qilinadi.

Muxlislar esa bu vaziyatning qay yo‘sinda hal bo‘lishini qiziqish bilan kutmoqda. Ular uchun asosiy savol — bahsli epizodlar bo‘yicha qanday xulosa chiqariladi va kelgusida hakamlikda adolat va shaffoflik ta’minlanadimi?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Dinamo" hakamlar qaroridan norozi bo‘lib rasmiy shikoyat yo‘lladi