Angliya Premer-ligasida yozgi transfer oynasi yana 10 kun davom etadi, ammo chempionat allaqachon yangi rekordni o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. BBC tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, liga klublari bu davr mobaynida tarixiy ko‘rsatkichni qayd etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, APL jamoalari umumiy hisobda 2,37 milliard funt sterling sarflagan. Bu esa avvalgi ko‘rsatkich — 2023 yil yozida qayd etilgan 2,36 milliard funtlik rekorddan ham oshib tushdi. Ya’ni, transferlar bo‘yicha Angliya chempionati yana bir bor Yevropadagi eng qimmat bozor maqomini mustahkamladi.
Rekord yangilanishiga eng so‘nggi yirik bitimlardan biri sabab bo‘ldi. Xususan, “Milan” safida to‘p surgan shveysariyalik hujumchi Noa Okaforning “Lids” klubiga 18 million funt sterling evaziga o‘tishi mana shu to‘siqdan o‘tishda hal qiluvchi omil bo‘ldi.
Shu bilan birga, ma’lum qilinishicha, APLning olti klubi allaqachon o‘z tarixiy rekordlarini yangilab bo‘ldi. Ya’ni, ular transfer xarajatlari bo‘yicha hozirgacha bo‘lmagan darajada katta mablag‘ sarflagan.
Muttaxassislar ta’kidlashicha, oyna yopilishiga hali vaqt borligi sababli, umumiy sarflangan mablag‘ yanada ortadi va rekord yana yuqorilashi ehtimoldan xoli emas.
APLda transfer rekordi yangilandi: klublar milliardlar sarfladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar